«Eng yaxşi film» yönalişida «Oskar»ni «Oy şu'lasi» filmi qölga kiritdi.

Holbuki bu nominatsiyaga faqat bitta nomzod asosiy da'vogar sifatida qaralayotgandi. 

Marosim yakunida akademiklar «La-La Lend»ni «Eng yaxşi film» deb e'lon qilib yuborişdi, ammo köp ötmasdan bu «hazil» ekani aytildi va «Oy şul'asi»ga mukofot topşirildi.

«Oy şul'asi» va «La-La Lend»dan taşqari, «Eng yaxşi film» yönalişida «Oskar»ga «Taşrif» (Arrival), «Tösiqlar» (Fences), «Vijdon nuqtai nazaridan» (Hacksaw Ridge), «Istalgan yöl bilan» (Hell or High Water), «Şer» (Lion), «Dengiz böyidagi Manchester» (Manchester by the Sea) va «Yaşirin şakllar» (Hidden Figures) kabi filmlar da'vogar bölgandi.

Qayd etiş kerakki, kinoakademiya tvitterida ham «La-La Lend» filmi mukofotga sazovor körilgani haqida tvit yozilgandi.

Bir qator saytlar ham bu «hazil» tufayli xato xabar tarqatişdi.

14ta yönaliş böyiça mukofotga da'vogarlik qilgan «La-La Lend» yakunda 6ta mukofotga ega çiqdi. Xususan, Demen Şazella eng yaxşi rejissyor, Emma Stoun eng yaxşi aktrisa va «City of Stars» eng yaxşi qöşiq sifatida e'tirof etildi.