«Real» boş murabbiyi Zinedin Zidan «Real»dagi kelajagiga işonç bilan qaray olmayapti, deb yozadi Don Balon naşri.
Manbaga köra, agar «Real» mavsum davomida heç bölmasa, birorta sovrinni ham qölga kirita olmasa, fransiyalik mutaxassis Madridni tark etişi mumkin. Ayni paytda «Real» Ispaniya çempionatida va Çempionlar ligasida ğoliblik uçun kuraşni davom ettirmoqda.
Zidanning jamoa bilan amaldagi şartnomasi 2018 yilda öz nihoyasiga yetadi. Ammo madridliklar prezidenti Florentino Peres jamoa natijalariga qarab uni yozdayoq bekor qilişi mumkin.












