Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Pokistonga rasmiy taşrif bilan yöl oldi. Turk davlati rahbari mahalliy vaqt bilan soat 12:00da Istanbuldan Islomobodga parvoz qilgan. Bu haqida "Anadolu" naşri xabar berdi.
Erdöğan Islomoboddagi Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT)ning 13-sammitida iştirok etadi.
Otaturk xalqaro aeroportida davlat rahbarini Turkiya buyuk milliy majlisi (parlament)ning rais örinbosari Ahmad Oydin, Istanbul provinsiyasi gubernatori Vasip Şahin, politsiya boşqarmasi boşliği Mustafo Çalişkan, Adolat va taraqqiyot partiyasining Istanbul bölimi raisi Salim Temurjiy va boşqa rasmiy vakillar kuzatib qolişdi.
Turkiya prezidentining Pokistondagi taşrifi davomida unga turmuş örtoği Amina Erdöğan, iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekçi, energetika va tabiiy resurslar böyiça vazir Barot Olbayroq, transport, kemasozlik va kommunikatsiya vaziri Ahmad Arslon, HK boş ştabi boşliği Xulusi Akar hamrohliq qilişmoqda.












