Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi bir neça qalam işlab çiqarib, kantselyariya liniyasini yangiladi. Luxurylaunches şu haqida ma'lum qildi. 

Qalamlar qizil va puşti rangli tabiiy çarm bilan qoplanib, brend emblemasi bilan bezatilgan. Öquv qurollari sotuvga çiqarildi, ularning narxi - 185 dollar.

Bu qalam modalar uyi 2017 yilning qişida taqdim etgan kantselyariya lineykasiga qöşimça böldi. U tört yaproqli gul körinişidagi trafaretlar bilan bezatilgan va Louis Vuitton vakillarining fikriça, bolalik haqidagi xotiralarni yodga solişi kerak. 

Louis Vuitton — 1854 yilda Fransiyada sandiq va yöl sumkalarini tayyorlaş bilan şuğullanuvçi usta Lui Vyuitton tomonidan asos solingan kompaniya. Kompaniya ayollar va erkaklar uçun kiyim-keçak, aksessuarlar, poyabzal, soatlar va zargarlik buyumlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. U LVMH xalqaro xolding tarkibiga kiradi.