Toşkent şahar Mirobod tumanida sodir bölgan yonğin oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda Toşkent şahar YoXBB ma'lumot bergan.
Qayd etilişiça, yonğin 28 fevralga ötar keçasi Yorqin köçasidagi uylardan birida sodir bölgan. Maydoni 50 kvadrat metr bölgan uyning tomi, xonalari va jihozlari yongan.
Yonğinni öçiriş vaqtida uy egalari — 1963 yilda tuğilgan erkak va 1969 yilda tuğilgan ayolning jasadi topilgan. Dastlabki xulosalarga köra, ularning ölimi is gazidan zaharlaniş oqibatida yuz bergan.
Hodisaga olovdan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganlik sabab bölgan. Ayni damda tergov işlari olib borilmoqda.











