Bugun, 2 mart kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Konferentsiyani qömita Boş kotibi Oybek Qosimov olib bordi. Unda 2013-2016 yillar davomida olib borilgan işlar böyiça federatsiya rahbariyatining hisoboti tinglandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bergan. 

Xabarda sönggi yillarda mamlakatda voleybol sport turini rivojlantiriş, ommaviyligini oşiriş, zaxira sportçilarni tayyorlab boriş, yoş iqtidorli sportçilarni saralaş, tuman-şahar va viloyat musobaqalarini ötkazişga e'tibor kamayganligi yaqqol közga taşlanib qolgani ta'kidlanadi. 

Federatsiyaning avaalgi rahbariyati tomonidan Özbekistonda voleybol sport turini rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilmagani, federatsiyaning 10ta hududiy bölimlarida faoliyat talab darajasida yölga qöyilmagani, sport musobaqalari tizimli ravişda, ya'ni tuman, viloyat bosqiçlari deyarli ötkazilmagani va eng muhimi ommaviylikka e'tibor qaratilmaganligi sababli seleksiya va saralaş işlari yaxşi taşkil etilmagani qayd etilgan. 

"Şu boisdan ham federatsiya rahbariyatida özgariş qiliş, işni qaytadan, samarali taşkil etiş, sportning uşbu turini yoşlar orasida ommaviylaşuviga e'tibor qaratiş va şu orqali terma jamoalarga munosib nomzodlarni saralab oliş, bir söz bilan aytganda federatsiya işini tubdan isloh qiliş bugungi kun talabi edi", deyilgan xabarda. 

Konferentsiyada taşkiliy masala körib çiqilgan va Özbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga “Öztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi Ergaş Raxmatullayeviç Şoismatov, uning birinçi örinborsari lavozimiga “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi Abduğani Abduraxmonoviç Komilov bir ovozdan saylangan. 

Şuningdek, Özbekiston voleybol federatsiyasi raisi örinbosari etib Şerzod Mahmudoviç Xuşvaqtov, federatsiya Boş kotibi etib esa Sanjar Abdualiyeviç Abdullayev saylanişgan. 

Konferentsiya işida Özbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi raisi Rustam Qurbonov va Milliy olimpiya qömitasi raisi Alişer Sultanovlar sözga çiqib voleybol federatsiyasining yangi rahbariyati oldida turgan ustuvor vazifalarga alohida urğu berib ötişdi. 

Jumladan, Özbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi hamda Milliy olimpiya qömitasi bilan birgalikda mazkur sport turi samaradorligini oşirişga qaratilgan alohida çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy federatsiyalar faoliyatini qayta körib çiqib, işini jonlantiriş, Olimpiya zaxiralari kollejlarida voleybol bölimlarini taşkil etiş böyiça Özbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasiga taklif kiritiş, voleybol sport turini ommaviyligini oşiriş maqsadida tuman, şahar va viloyat bosqiçlari musobaqalarini taşkil etib, mavjud sport bazalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş hamda bino va inşootlarni kapital ta'mirlaş va rekonstruksiya qiliş, Xalqaro voleybol federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuçaytiriş va mamlakat voleybol federatsiyasi vakillarini Osiyo va Xalqaro voleybol federatsiyasi rahbariyati tarkibiga kiritiş çoralarini köriş federatsiya oldida turgan asosiy vazifalar sifatida belgilandi.