Mançester universiteti mutaxassislari DNK negizida hisoblaş tizimini yaratişdi. Mutaxassislar dezoksiribonuklein kislotani (DNK) hayotni dasturlaş tili sifatida qarab, uning yordamida ma'lumotlar massiviga işlov beriş  mumkinligi isbotlaşdi.

Tadqiqot muallifi Ross Kingning ta'kidlaşiça, DNK organizmda köplab buyruqlarni işlab çiqaradi. U soçlarni ösişga majbur qiladi yoki leykotsitlarga infeksiyaga hujum qilişni buyuradi. Agar DNK bu amallarni bajara olsa, unda uni boşqa ma'lumotlarni işlaşda ham qöllaş mumkin.  

King Tyuringning determinallaşmagan universal maşinasini yaratdi. Nazariy jihatdan bu qurilma istalgan masalani hal qila oladi. Qurilmaning unumdorligi eksponentsial ravişda oşadi, şu sababli u kuçliligi böyiça kvant kompyuterlarini ortda qoldiradi, oddiy kompyuterlarni esa aytmasa ham böladi. 

King qurilmaning işlaşini şunday tasvirlaydi. Agar oddiy kompyuter ikkita yöl ayriliş joyida tursa, u yöllardan birini tanlaşi kerak. Agar tanlov xato bölsa, unda ortga qaytib, 2-yöldan boriş kerak böladi.

DNK-kompyuterda töğri yeçim tezroq topiladi, çunki tizim birdaniga ikkita yöldan boradi. Kvant kompyuterlari ham agar tizimlar simmetrik bölsa ikkita yöldan bir vaqtda bora oladi. 

Bunday DNK-tizimni butun dunyo olimlari yillab qidirganlar. Albatta, bunday darajadagi tijoriy qurilmalar önlab yillardan keyin paydo böladi, biroq ular tomon eng muhim qadam taşlandi.

DNK-kompyuterlarning mavjud tizimlardan ustunligi şundaki, kislota zanjirlari köproq hisob-kitoblarni bajariş uçun özlarini nusxalab, ösişlari mumkin. 

An'anaviy tizimlar esa hisoblaş yadrolari soni bilan çeklangan.

DNK-kompyuterlarning kvant kompyuterlardan ham ustunligi bor. Kvant tizimlari işi öta tezkor parallel hisob-kitoblar uçun ançagina texnik murakkabliklarni nazarda tutadi. Tadqiqotçilar DNK-kompyuterlarda bunday çeklovlarni aniqlaşmagan.