09:21 / 03.03.2017
13191

Video: Fernando Torres og‘ir jarohat oldi

Madridning «Atletiko» futbol klubi hujumchisi Fernando Torres bosh miya-chanoq jarohatini oldi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Forvard tunni kasalxonada, shifokorlar nazorati ostida o‘tkazdi, bugun esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Torres Ispaniya primerasining 25-turidagi «Deportivo» bilan mehmonda kechgan uchrashuv (1:1) oxirlarida jiddiy bosh miya-chanoq jarohatini olgan. 32 yoshli futbolchi mezbonlar vakilidan biri bilan to‘qnashuvdan so‘ng boshi bilan maydonga qarab yiqilgan.

Shifokorlar Torresga besh daqiqa davomida yordam ko‘rsatishdi, so‘ngra uni maydondan zambilda olib chiqib ketishgan. O‘yinchi maydon ortidagina hushiga kelgan.

Mavzuga oid
Top