Turkiya taşqi işlar vazirligi rahbari Mevlut Çavuşöğli Germaniyani ikki xil standartlarni qöllaşda aybladi. Bu holat hukumat Turkiya adliya vaziri çiqişini bekor qilganidan söng yuz berdi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.

"Agarda Germaniya Turkiya bilan munosabatlarni uşlab turişni xohlasa, u özini tutişga örganişi lozim", - deya Çavuşöğlining sözlarini keltiradi agentlik.

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal yeridagi Gaggenau şahri hukumati Turkiya adliya vaziri Bekir Bözdagning payşanba kuniga rejalaştirilgan çiqişini bekor qildi. Bözdag buni nomaqbul deb atadi hamda germaniyalik hamkasbi Xayko Maas bilan uçraşuvni bekor qilişi haqida ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiyaning bir neça vazirlari juda ham katta miqdorda turklar yaşovçi Germaniyaga taşrif buyuriş rejasi haqida ma'lum qilişdi. Bu Turkiya konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş böyiça referendumdan avval röy berişi mumkin. Turkiya oliy saylov kengaşi referendumni 16 aprelda ötkaziş haqida qaror qilgan. 

Ma'lumot uçun, Berlin va Anqara örtasidagi munosabatlar duşanba kuni Istanbulda asli kelib çiqişi turkiyalik bölgan nemis jurnalisti Deniz Yudjyelning hibsga olinişidan söng yanada keskinlaşdi. U Turkiya hukumati tomonidan “terrorçilik faoliyatida iştirok etiş, ma'lumotlardan noqonuniy foydalaniş, terrorçilikni taşviqot qiliş”da gumonlanmoqda. GFR kansleri Angela Merkel Anqaradan Yudjyelni ozod qiliş hamda OAV erkinligiga rioya etişni talab qildi.