Giperkarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Bugatti kompaniyasi Chiron giperkarining uçtasini xaridorlarga yetkazib berdi. Işlab çiqaruvçi uşbu avtomobillarning yiğilişi va tayyorlaniş jarayonini maxsus videorolikda namoyiş qildi. Joriy yilda jami 70 dona Chiron (Şiron) işlab çiqarilişi belgilangan.
Bugatti Chiron kupesi ötgan yilning fevral oyida namoyiş qilingan edi. Giperkarning barça ğildiraklari yetakçi bölib, unga 1500 ot kuçiga ega, 8 silindrli W16 turbomotor hamda 7 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi joylangan.
Model noldan 100 soat kilometr tezlikka 2,5 soniyada erişadi. 6,5 soniyada soatiga 200 km, 13,6 soniyada tezligini 300 kmga çiqaradi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 420 kmni taşkil etadi.
Giperkar 2,4 mln yevrodan boşlanadi. Umuman bu modeldan jami 500 dona yiğiladi. Ötgan yilning dekabr oyi holatiga köra, 220ga yaqin giperkarga allaqaçon buyurtma berilgan. Agar siz hozir uşbu maşinaga buyurtma bersangiz, 3 yildan söng sizga yetkazib beriladi.












