Dunyo yaralibdiki qandaydir yangiliklar paydo böladi, nimalardir kamayib, bora-bora yöqolib ketadi. Globalizatsiya jarayoni bu. Noyob hayvonlar va ösimliklarni saqlaş maqsadida “Qizil kitob” yaratilgan, urf-odatlarni asraş va hurmat qiliş bilan şuğullanuvçi turli taşkilotlar bor. Yöqolib borguvçilar birdan yöq bölib qolmaydi, asta-sekin, bilinar-bilinmas ğoyib bölişadi. Bugun ana şularga e'tiboringizni qaratmoqçimiz. Zero ular olis tarix xotiralari emas, yaqin ötmişdagi, nari borsa 15-20 yil içida özimiz körgan-bilganlarimizdir.

Bolaligimizda ariqlarda çömilardik, qirğoqdagi öt-ölanlarda ninaçining juda çiroyli turi uçib yurardi. Yaltiroq tanasi kök-siyohranglarda kamalakdek tovlanardi. Ninaçining kapalakdek nozik bu turini sözanak derdik. Ana şu sözanak körinmay qoldi. Balki qayerlardadir haliyam bordur, lekin bugun körmayapmiz, yöq, tamom!

Hammamizning bolaligimizda ari çaqqan. Oldinlari közi şişib yurgan bolalarni körib kulmasdik ham. Asalari bor, qovoqari bor. Lekin çumak ari deyiladigan beli qilday sariq arilar, rosa ğönğillab uçadigan qora, yaşil qovoqari turlari yöqolib ketdi şekilli, harqalay körmayapmiz.

Bolaligimizda köp hovlilarda çilonjiyda bölardi, jigarrang, içi xamirday bu mevani rosa yerdik. Yaqinda bir opamiz qaynoq suvga şu mevani damlab içayotganini körib qoldim. Hozir çilonjiyda kamyob dori sifatida sotilayotganmiş. Çilonjiydaku mayli, hamma mahallalarning çetida jiydazorlar bölardi, qizlar uning tagidan ötib hidiga mast bölişar, yigitlar gullagan jiyda şoxlarini suyuklilariga taqdim qilişardi. Şu jiydazorlar ham yöqolib ketdi. “Jiyda guli” milliy seriali ijodkorlarining suratga oliş işlarini Urgut tumanida ötkazişgani ham bejizga emas şekilli.

Şaftolining narxi oşmoqda, çunki u ham kamayib ketayapti. Daraxti nari borsa 4-5 yilda qarib, yaxşi hosil bermay qoladigan bu mevani parvarişlaş boğbonlarga qimmatga tuşyapti şekilli. Lekin harqalay bozorda bor, yeb turibmiz. Lekin qaçon anjirşaftoli yedingiz? Axir yaqin-yaqinda ham şaftolining anjirsimon qip-qizil turi bor emasmidi?! Hozir ham bordur, lekin qayerda?

Qora tut bor, oq tut bor, lekin katta-katta puştirang, siyohrang tutlar bormi hozir?

Oldinlari deyarli hamma xonadonlarda, hatto şaharlardagi uylarda ham tandir bölardi. Onalarimiz deyarli har kuni issiq-issiq nonlar yopişardi. Issiq nonlarni hozir ham bozordan sotib olib yeyapmiz, lekin aynan bizga atab yopilgan, muzdek suvga botirib-botirib yeyiladigan börsildoq kulçalar qani endi?! Şaharniku tuşunsa bölar, qişloqlarda ham tandir kamayib boryapti-ku... 

Şevalarimizçi. Vohada-yu Samarqandda hamma eng sevimli milliy taomimizni palov derdi. Endi bu atama faqat rasmiylaşib qoldi. Hamma oşga ötib oldi.