Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirğizistonga taşrifi vaqtida prezident Almazbek Atambayevdan kulrang tusli çopqir ot sovğaga olgan. Qirğiziston prezidentining rasmiy fotosuratçisi Sulton Dosaliyev özining Facebook’dagi sahifasiga Almazbek Atambayev va Vladimir Putin tabiat fonida çiroyli ot bilan birgalikda aks etgan suratlarni joylagan hamda "Muzokaralardan keyin...("Ala-Arça" qarorgohi, 2017 yilning 28 fevrali)" deya ilova qilgan.

Ikki davlat rahbarlari Putinning Markaziy Osiyoga turnesi davomida, Bişkekda 28 fevral kuni uçraşgandi.
Manbaning ma'lumotiga köra, sovğa qilingan arğumoq qirğiz zotidan. Uning laqabi, jinsi hamda yoşi haqida ma'lumot yöq.
"Rossiya prezidentining jonivorlarga bölgan muhabbatini bilgan holda, respublika rahbari mehmonga ot sovğa qiliş orqali uni quvontirişga qaror qilgan bölişi mumkin", deyilgan xabarda.












