Ispaniya çempionatining 26-turidan örin olgan yana ikki uçraşuv bölib ötdi. «Real» ikki yetakçisiz «Eybar»da mehmon böldi.
Kriştianu Ronaldu va Garet Beylsiz harakat qilgan Zidan şogirdlari raqibni osonlik bilan mağlubiyatga uçratişdi. Birinçi bölimda Karim Benzemaning dubli va Xamesning bitta golini ikkinçi bölimda Marko Asensio öz goli bilan mustahkamladi. Penyaning yagona javob goli heç narsani özgartirmadi va «Real» yirik hisobda ğalabani qölga kiritdi.
Uşbu ğalabadan keyin «Real» hisobidagi oçkolar soni 59taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yana karvonboşiga aylanib oldi. «Eybar» esa 39 oçko bilan 7-örinda qolmoqda.
Turning yana bir uçraşuvida «Leganes» «Granada»ni kiçik hisobda mağlubiyatga uçratdi.
Ispaniya La-ligasi
26-tur
Eybar – Real Madrid 1:4 (0:3)
Gollar: Penya (72) – Benzema (14, 25), Xames (29), Asensio (60).
Eybar: Yoel, Ramis, Luna (Arbilya, 55), Kapa, dos Santos, Eskalante, Dani Garsiya, Gonsales (Rivera, 63), Leon (Inui, 87), Penya, Enriç.
Real Madrid: Navas, Pepe, Naço, Danilo, Ramos, Modriç (Kovaçiç, 71), Kazemiro, Asensio, Xames (Isko, 75), Vaskes, Benzema (Dias, 65).
Ogohlantirişlar: Eskalante (32), Naço (62), Kazemiro (65).
Leganes – Granada 1:0 (0:0)
Gol: Maçis (83).
Leganes: Yago Errerin, Bustinsa, Riko, Siovas, Mantovani, Pires, Moran (Insua, 90), Şimanovski (Maçis, 64), Peres, El-Jar, Gerrero (Lusiano, 77).
Granada: Oçoa, Ingason, Ruben Vezu, Litri, Lomban (Ponse, 86), Serdji Samper, Kuenka, Muborak, Karsela-Gonsales (Kone, 59), Pereyra (Boga, 72), Ramos.
Ogohlantirişlar: Karsela-Gonsales (44), Muborak (64), Moran (82), Riko (90), Siovas (90).












