Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 mart kuni Toşkent şahridagi “Navröz” restoranida bölib ötgan tadbirda mamlakat xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimova Facebook’dagi öz sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga köra, Şavkat Mirziyoyev öz tabrik nutqida Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning 72 foizi yurt rivojiga hissa qöşayotganini aytib ötgan. «Ayollar oilasini, obrösini, kelajagini öylaydi!», deb ta'kidlab ötgan Prezident. Bundan taşqari, uşbu tadbirda Özbekiston xotin-qizlari şarafiga yana boşqa iliq fikrlar bildirilgan.

Umida Abduazimovaning sözlariga köra, Şavkat Mirziyoyev tadbir davomida Zulfiya mukofoti sovrindorlariga hujjat va kökrak nişonlarini öz qöllari bilan topşirgan.