Angliya chempionatining 27-turida «Tottenhem» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Garri Keyn (dubl) va Dele Alli mualliflik qildi. «Everton»ning gollari Romelu Lukaku va Enner Valensiya tomonidan urildi.

Bu g‘alaba Pochettino shogirdlarining qatorasiga to‘qqiz uy uchrashuvida g‘alaba qilishi bo‘ldi va bu jamoa rekordi hisoblanadi.

Endilikda «Tottenhem» 56 ochko bilan APL turnir jadvalining ikkinchi o‘rniga joylashdi, «Everton» esa 44 ochkosi bilan yettinchi o‘rinda qoldi.

Angliya premer-ligasi, 27-tur

Tottenhem – Everton 3:2 (1:0)
Gollar: Keyn (20, 56), Alli (90+1) – Lukaku (81), Valensiya (90+4).
Tottenhem: Loris, Vertongen, Devis, Uoker, Alderveyreld, Dembele (Uinks, 78), Dayyer, Eriksen (Sissoko, 87), Vanyama, Alli, Keyn (Yanssen, 90).
Everton: Robles, Uilyams, Beyns, Koulmen, Funes Mori, Berri (Makkarti, 64), Shnayderlin, Barkli, Guyye (Valensiya, 81), Devis (Miralyas, 64), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Dembele (76) – Guyye (29), Uilyams (90+4).