Taniqli yakkakuraş jangçisi Aleksandr Yemelyanenko Rossiyadan taşqarida jang ötkaza olmaydi. Bu haqda TASS agentligiga sportçining menejyeri Polina Yemelyanenko ma'lum qilgan. Aleksandrni ozod qiliş şartlaridan biri şunday bölgan.
Avvalroq, jangçi World fighting championship Akhmat (WFCA) ligasi bilan uçta jang ötkaziş böyiça şartnoma imzolagan edi.
"Aleksandr ozodlikka çiqariliş şartlariga köra, Rossiyadan taşqariga çiqa olmaydi", - degan sportçining menejyeri.
Aleksandr Yemelyanenko – MMA jangçisi Fedor Yemelyanenkoning ukasi bölib, u ProFC tasnifi böyiça sobiq jahon çempionidir. Bundan taşqari, jangovar sambo böyiça Rossiya, Yevropa va jahonning bir neça karralik çempioni hisoblanadi. Aleksandr MMA tasnifida 23 marta ğalaba qozongan, 7 marta mağlub bölgan.












