8 mart tongida Afğoniston poytaxti Kobul şahrida portlaş röy berib, otişma sodir böldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Hodisa AQŞ elçixonasi binosidan uzoq bölmagan hududda röy bergan.

TOLOnews xabariga köra, hujum qiluvçilar hududdagi harbiy şifoxonaga bostirib kirmoqçi bölişgan. Oqibatda hukumat kuçlari va jangarilar örtasida otişma boşlangan.

Tibbiyot muassasalari trevoga e'lon qilgan.

Hodisaning boşqa tafsilotlari hozirça ma'lum emas.