Atrof ğira-şira bölib, endi tun çökayotgan mahal edi. Qayerdandir kelayotgan Hasanning yonidan ikki kişi sumka kötarib ötdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
- Bu yerda qança? – dedi biri.
- Ön beş million söm.
Ular şu yöl çetida turgan “Kobalt” avtomaşinasiga yaqinlaşdi. Sumkalarning maşinaning orqa örindiğiga joylaştirişdi. Biri maşinaga ötirdi. Ikkinçisi xayrlaşib ortga qaytdi. Pulning daragini eşitgan Hasanning xayoli buzildi. U zumda bu pullarni öğirlaşni maqsad qildi. Şoşa-pişa taksi töxtatdi.
- Mana şu “Kobalt”ning ortidan haydang, - dedi.
- Nega uning ortidan? – haydovçi hayron böldi.
- Qarzi bor edi, bermay yuribdi, uyiga borib söramoqçiman.
Ular heç narsadan bexabar Dalerning ortidan kuzatib kelişaverdi. Şahardan çiqib, köça çetida töxtagan “Kobalt” haydovçisi dökonga kirib ketdi.
Taksini töxtatgan Hasan unga “ketavering” deb imo qildi. Özi atrofni kuzatib, maşinaning orqa oynasiga kuç bilan urdi. Oyna singaç, orqa örindiqda turgan sumkani olib, voqea joyini tark etdi.
Birozdan keyin çiqqan Daler qarasa, maşinasining oynasi singan, pul esa yöq edi. Darhol içki işlar xodimlariga xabar qildi.
Hasan uyiga yetib kelib pullarni sanab, şirin xayollar surdi. Biroq uning quvonçi uzoqqa çözilmadi. Içki işlar idorasi xodimlari uning barmoq izlaridan şaxsini aniqlab, darhol qölga olişdi.
Sud avval ham ikki bor jazoga tortilgan Hasan Atayevning qilmişiga yaraşa jazo tayinlab, hukm öqidi.











