Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Özbekiston milliy terma jamoasi 561 oçko bilan 63-örinni saqlab qoldi.
Özbekiston Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo terma jamoalar orasida 6-örinda qoldi. Eron 794 oçko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peşqadamlikni saqlab qolgan. Dunyo reytingida esa forslar 1 poğona pastlagan.
Janubiy Koreya 691 oçko bilan qit'ada 2-poğonani egallagan bölsa, kuçli uçlikdan Yaponiya (629 oçko) joy olgan. Avstraliya (622 oçko) va Saudiya Arabistoni (610 oçko) mos ravişda 4–5 örinlarni egallagan.
Eron – 32-örin;
Janubiy Koreya – 39-örin;
Yaponiya – 52-örin;
Avstraliya – 54-örin;
Saudiya Arabistoni – 56-örin;
Özbekiston – 63-örin;
BAA– 68-örin.
JÇ–2018 turniriga uçinçi saralaş bosqiçida Özbekiston bilan bir guruhdan örin olgan Qatar (415 oçko) bir poğonaga kötarildi. Xitoy (407 oçko) öz örnida qolgan bölsa, Suriya terma jamoasi (357) 2 poğona pastladi.
Qatar — 84-örin;
Xitoy — 86-örin;
Suriya — 95-örin.
FIFA reytingida hamon Argentina (1644 oçko) yetakçilik qilmoqda. Ikkinçi örinni Braziliya (1534 oçko) egallab turgan bölsa, uçinçi örindan Germaniya (1433 oçko) joy olgan. Jadvalda 4–10-örinlarni tegişli ravişda Çili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari egallagan.












