Gvatemalada voyaga yetmagan bolalar tarbiyalanadigan yetimxonada röy bergan yonğin tufayli halok bölganlar soni 21 nafarni taşkil qilgan.
Markaziy Amerikadagi bu davlat poytaxtidagi "Ruzvelt" nomli şifoxonada uşbu yonğin tufayli jarohatlangan, 14-17 yoşlar orasidagi 20dan ortiq ösmirlar joylaştirilgan, ularning ba'zilari oğir ahvolda.
Fojia respublika poytaxti yaqinidagi San-Xose-Pinula munitsipalitetida sodir böldi. Bundan avval yetimxonada ma'muriyat xodimlarining şafqatsiz munosabatidan norozilik tufayli, tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, bunday tartibsizliklar çoğida yetimxonadan kamida 60 kişi qoçib ketgan.
Mamlakat parlamenti voqea yuzasidan puxta tekşiruv olib borişni talab qildi. 8 mart, çorşanba kuni Gvatemala hukumati prezident Jimmi Morales farmoni bilan bolalar halokati tufayli uç kunlik motam e'lon qildi.












