Italdesign atelesi va Airbus kompaniyasi Jyeneva avtosalonida uçar avtomobil ğoyasini taqdim etdi. Pop. Up modeli ikkita almaştiriluvçi elektr modullariga ega, ular yer va havoda harakatlanişga xizmat qiladi.
Avtomobil asosida ikki kişiga möljallangan salon-kapsuladir. «Kokon» karbondan tayyorlangan bölib, 2,6 metr uzunlik, 1,4 metr kenglik va 1,5 metrlik balandlikka ega. Parvozlar uçun modul kvadrokopterlarga öxşab qilingan bölib, sakkizta qarama-qarşi tomonga qarab aylanuvçi parraklardan iborat. U 4,4 metrga beş metrlik hajmga teng.
Harakat rejimlarini özgartiriş uçun maxsus tayyorlangan ilovadan foydalaniş kifoya. Dasturga rejalaştirilgan yönaliş haqida ma'lumotni kiritiş kerak, şundan söng u harakatlaniş uçun eng qulay usulni avtomatik tarzda aniqlab beradi. Bunda vaqt, safar uçun xarajatlar, tirbandlik va hokazolar hisobga olingan.

Işlab çiqaruvçilarning ğoyasiga köra, yöl böylab harakalaniş yoki parvozlar uçun modullar kapsulaga yölovçilar bilan mustaqil ravişda keladi hamda örnatiladi, bu paytda işlatilmay turgan qism esa quvvatlaş stansiyasiga jönaydi va «kokon»dan çaqirişlarini kutadi.

Modullar xuddi kapsuladek batareyalar majmuasi bilan jihozlangan. Avtomobil yer böylab harakatlanganda ikki elektromotordan foydalanadi va soatiga 100 kilometr tezlikka çiqişi mumkin. Yuriş zaxirasi 130 kilometrgaça masofani taşkil etadi. «Ğildiraklar»ni quvvatlantiriş (maxsus stansiyada) 15 daqiqadan iborat.

Pop. Up parvozlar paytida 182 ot kuçiga ega böladi hamda soatiga 100 kilometr tezlikka yetişi mumkin (uçiş va qöniş tik holda amalga oşiriladi). Parvoz maksimal masofasi 100 kilometrdan oşmaydi.
Uçar avtomobil qaçon çiqarilişi va uning narxi haqida ma'lumot yöq.












