Seul politsiyasi Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xega 2016 yilning dekabr oyida e'lon qilingan impiçment qonuniyligi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudning 10 martga rejalaştirilgan qarori oldidan 8,4 ming xodimni xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş maqsadida safarbar qildi.
Renxap agentligi ma'lumotiga köra, sud binosi yonida 360ta avtobusdan iborat tösiq qöyilgan. Konstitutsiyaviy sud binosi yonida esa önlab kişilar Pak Kin Xe iste'fosini talab qilib yiğildi.
Janubiy Koreyada mojaro oktabr oyida, matbuotda Janubiy Koreyaning yirik korporatsiyalari, jumladan Samsung tomonidan davlat rahbariga yaqin bölgan Tsoy Sun Sil tomonidan taşkil etilgan jamğarmalarga yirik miqdordagi mablağlarni ötkaziş evaziga hukumatdan ma'lum bir yengilliklar olgani haqidagi xabarlar paydo bölgaç avj oldi. Xabarlarga köra, u heç qanday davlat lavozimlarini egallamay turib, prezident ma'muriyati işlariga aralaşgan hamda yuqori aloqalarini işga solgan holda manfaat körgan.
Avvalroq tergovçilar Janubiy Koreya prezidentini poraxörlikda gumonlanuvçi deya atagandi. Pak Kin Xe himoyaçilari ayblovlarni rad etdi. Samsung korporatsiyasining haqiqiy rahbari Li Çje Yon ham payşanba kuni bölib ötgan ilk eşituvda öz aybini tan olmadi.
2016 yilning dekabrida Janubiy Koreya Milliy yiğilişi mamlakat prezidenti Pak Kin Xega impiçment uçun ovoz berdi. Konstitutsiyaviy sudning impiçment qonuniyligi yuzasidan yiğilişi 10 martda bölib ötadi. Agarda sud impiçmentni tasdiqlasa, Pak Kin Xe davlatni boşqarişdan butunlay çetlatiladi va 60 kun davomida navbatdan taşqari prezidentlik saylovlari ötkaziladi. Biroq agarda impiçment qonunga zid deb topilsa, Pak Kin Xening Koreya Respublikasi prezidenti lavozimidagi vakolatlari tiklanadi. Ayni damda boş vazir Xvan Gyo An vaqtinçalik prezident vazifasini bajarmoqda.












