Hindistonning Air India aviakompaniyasi ekipajning 34 nafar a'zosini ortiqça vaznga ega ekani sabab parvozlardan çetlatdi, deb xabar berdi fuqarolik aviatsiyasi böyiça davlat vaziri Jayant Sinxa.
"Ayni damda 34 nafar ekipaj a'zosi (30 ayol va 4 erkak) tana massasining yuqori indeksi tufayli parvozlardan çetlatildi", - deyiladi Hindu naşri tomonidan e'lon qilingan xabarda.
Çetlatilgan xodimlar aviakompaniya kabina ekipaji umumiy sonining 1 foizdan kamroğiga teng. Sinxa ular qaçon çetlatilganiga oydinlik kiritmadi. Hindiston fuqarolik aviatsiyasi boş boşqarmasi qoidalariga köra, ayollar uçun maksimal tana massasi indeksi 22ga, erkaklarniki esa 25ga teng.
"Şuning uçun ortiqça vaznga egalar toifasiga kirgan ekipaj a'zolari parvozlardan çetlatiladi, bu ularga tegişli talablarga qaytişlarida yordam beradi. Air India ekipaj a'zolariga vaznlarini taşlaş uçun yaxşi imkoniyat taqdim etmoqda. Ular ortiqça vaznga ega xodimlar toifasidan çiqişlari bilan parvozlarga qaytariladi", - deya aniqlik kiritdi u.








