Germaniyaning maşhur avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Mercedes-AMG Project One gibrid giperkari çeklangan miqdorda 275 nusxada işlab çiqariladi. Uning eng arzon namunasi 2,275 million yevro turadi. Bu haqda Top Gear körsatuvi kompaniya rahbari Tobias Moyersga asoslangan holda xabar qilmoqda.
«Avtomobil Formula-1 texnologiyalari bilan töldirilgan, — degan Moyers. — Bu 1,6-litrli, daqiqasiga 11 ming marta aylanadigan dvigateldir. Uşbu maşinaning old ğildiraklarini elektromotorlar harakatga keltiradi. Şu bilan birga, uning barça elektr jihozlari Formula-1 dunyosiga tegişli. Turbinalar, starter va batareyalar dunyodagi eng qimmatlaridir».
Motoring naşrining Moyersga asoslangan holda aniqlik kiritişiça, içki yonuv dvigatelining zaxirasi atigi 50 ming kilometrdir. Şundan söng, motorni almaştiriş yoki qayta ta'mirlaş talab etiladi. Taxminlarga köra, dvigatel ming ot kuçiga ega böladi.

Mercedes-AMG Project One rasmiy taqdimoti sentabr oyida Frankfurt motorşousida bölib ötadi. Project One modelining 275 donasi ham 2016 yildayoq sotib bölingan.












