Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan çetlatilgan Pak Kin Xe mamlakat fuqarolaridan uzr söradi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar qildi.

«Men prezidentlik majburiyatlarimni bajara olmaganim uçun sizlardan uzr söramoqçiman», — deyilgan Pak Kin Xening bayonotida.

U yakunda öz iste'fosiga olib kelgan haqiqatni barça bilib olişini qayd etib ötgan.

Bundan oldinroq Pak Kin Xe Seul markazidagi özi egallab turgan davlat qarorgohini tark etib, şaharning janubiy qismidagi Samson-don dahasidagi şaxsiy uyiga köçib ötgani xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, 10 mart kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi Pak Kin Xe impiçmentini tasdiqladi. Buning oqibatida u prezidentlik immunitetini yöqotdi va jinoiy ta'qib nişoniga aylanişi mumkin.

Bu mamlakat prokuraturasiga Pak Kin Xeni tergovni qiziqtirayotgan köplab masalalar, xususan, dugonasi Çxve Sun Sil bilan boğliq korrupsiyaviy mojaro böyiça söroqqa tutiş imkonini beradi.