Niderlandiyaga kelgan Turkiyaning oila işlari va ijtimoiy siyosat böyiça vaziri Fatma Betul Sayon Kayyaning avtomobili Turkiyaning Rotterdamdagi konsulligi binosidan 30 metr narida töxtatilib, konsullik tomon ötkazilmagan. Şu sababli Kayya Niderlandiyani inson huquqlarini buzişda aybladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Niderlandiya menga Turkiyaning Rotterdamdagi konsulligiga kirişga yöl bermay, barça xalqaro qonunlar, konvensiyalar va inson huquqlarini buzmoqda", deb yozgan vazir tvitterda.
Niderlandiya politsiyaçilari Kayyani Germaniya çegarasigaça eltib qöyişga qaror qilişgan. Biroq ayni vaqtda turk vaziri çegaraga golland politsiyasi hamrohligisiz yöl olmoqda. Bu haqda Rotterdam meri Ahmad Abutolib ma'lum qildi.
"Vazir Germaniyaga ketmoqda. Uning hamrohlari va qöriqçilari ham u bilan birgalar", deb aytgan Abutolib.
Abutolibning aytişiça, turk konsuli Kayyaning kelişi va uning rejalari borasida hammani yangliştirgan. "U yolğon gapirgan" deb aytdi Abutolib.
Avvalroq Niderlandiya hukumati mamlakatda turk siyosatçilarining çiqişlarini taqiqlab qöygandi. Biroq şunga qaramay, 11 mart kuni Kayya Germaniyadan Niderlandiyaga kelgan. Biroq Niderlandiya politsiyasi unga Turkiyaning konsulligi yonida töplangan turk jamoasiga murojaat qilişga hamda konsullik binosiga kirişga yöl bermagan. Söngra Kayya "nomaqbul xorijlik" deb atalib, ortiga qaytarilgan.











