Azaldan tadbirkorlik, işbilarmonlik rivojlangan Namanganda bugungi kunda kiçik biznes va xususiy tadbirokrlik sub'yektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi uluşi 75 foizdan oşdi, şuningdek iş bilan band aholining 78 foizdan ortiği aynan şu sohada mehnat qilmoqda. Aytiş mumkinki bu respublika böyiça yaxşi körsatkiç sanaladi.
Ammo bu borada hal etilişi zarur bölgan kamçilik va muammolar ham yöq emas. Xususan, 2016 yilda viloyatda 1963 ta kiçik tadbirkorlik sub'yekti röyxatdan ötgan bölsa, 1221 tasi öz faoliyatini tugatgan, 1402 ta kiçik korxona va mikrofirma esa umuman faoliyat körsatmagan. Xöş, buning sabablari nimada? Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişga nimalar tösiq bölmoqda?
Şu kabi savollarga yeçim topiş va viloyatdagi barça mutasaddi taşkilot va idoralar tomonidan har bir tadbirkorlik sub'yektiga öz faoliyatidagi muammolarni hal etişda amaliy yordam körsatiş maqsadida ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi va ÖzLiDeP Namangan viloyat Kengaşi hamkorligida “Qulay biznes muhiti - tadbirkorlik taşabbuslarini amalga oşirişning muhim omili” mavzuida oçiq muloqot ötkazildi.

Unda tadbikorlar va vaqtinça faoliyat körsatmayotgan tadbirkorlik sub'yektlari hamda sohaga dahldor bölgan taşkilot mas'ul xodimlari iştirok etdilar.
— Partiya tomonidan bu masalaning kötarilganligi bevosita elektoratimiz manfaatlarini himoya qiliş va ularga yanada qulay şart-şaroitlarni yaratiş, tadbirkorlik rivoji uçun xizmat qiluvçi korxona va idora vakillari bilan ularni öylantirayotgan muammolarni aniqlaş, örganiş va albatta ularga yeçim topib, har tomonlama himoyalangan istiqbolni ta'minlaşga erişişdan iborat, - deydi ÖzLiDeP Namangan viloyat Kengaşi raisi Solijon Möminov. — Bu borada taşkil etilayotgan oçiq muloqotlarimizda tadbirkorlik rivojiga tösiq bölayotgan muammolar xususan, aylanma mablağlarning yetişmasligi, hom aşyo muammosi, kredit masalalari, elektr va gaz ta'minotidagi uzilişlar kabi masalalar kötarilib, soha vakillari tomonidan tegişli tuşuntirişlar, tavsiya va amaliy yordam berilmoqda.

Munozarada söz olgan mutasaddi taşkilot vakillari joylarda tadbirkorlik sub'yektlarining tugatilişiga sabab bölayotgan masalalar xususida ham öz fikrlarini bildirib ötişdi.












