AQŞ prezidentining öğli Kiçik Donald Tramp otasi biznesni boşqarişni unga topşirgandan beri u bilan deyarli aloqa qilmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Guardian naşri xabar bermoqda. 

“Hozirda biz u bilan deyarli aloqa qilmayapmiz”, deb aytdi Kiçik Tramp. Şuningdek, u “saylovlardan keyin siyosatda qatnaşmaganini” aytgan. “Men özimning oddiy işimga qaytaman, bundan xursand bölaman deb öylagandim. Biroq buning mazasini his qilganingdan keyin ketişing qiyin böladi", deb aytgan Trampning öğli.

Avvalroq Trampning 38 ta savdo markasi Xitoy tomondan ma'qullangan. Bu savdo markalari böyiça ariza Donald Tramp AQŞ prezidenti etib saylanişidan bir neça oy oldin Xitoyga topşirilgan.