Özbekiston savdo-sanoat palatasi (SSP) Xitoyning «Jumore E-Commerce Co.Ltd» kompaniyasi bilan özaro Anglaşuv memorandumini imzolagan. Mazkur hujjat özbek işbilarmonlariga uşbu kompaniya saytida öz tovarlari bilan savdo qiliş imkonini beradi. Xitoy kompaniyasi Özbekiston milliy pavilonini onlayn rejimida işga tuşirdi, unga mamlakatimiz haqidagi muntazam ravişda yangilanib boradigan foydali ma'lumotlar ham ilova qilindi. Bu haqida "Finance.uz"da ma'lum qilindi.
Loyihada SSP a'zolari hisoblangan kompaniyalar va işlab çiqaruvçilar qatnaşişlari mumkin. Palata ma'lumotlariga köra, bu elektron maydon quyidagi bölimlarni öz içiga oladi: "Neft-kimyo", "Oziq-ovqat mahsulotlari", "Qişloq xöjaligi mahsulotlari", "Sanoat", "Maşinasozlik", "Pölat işlab çiqariş", "Iste'molçi tovarlar", "Kimyo", "Metallar", "Kömir", "Mineral resurslar".
SPPning yangi hamkori «B to B» formatida çegaralararo elektron savdo bilan şuğullanadi.
2016 yilning noyabrida Peru poytaxtida bölib ötgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorlik (APEC) sammiti davomida «Jumore E-Sommerce Co.Ltd» kompaniyasi prezidenti Lu Xunsyan siyosiy va biznes doiralarni yangi E4B (Ecosystem for Business/Biznes uçun ekotizim) elektron kommersiya modeli bilan taniştirgan edi. Janobu Lu Ye4V modeli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiruvçi, şuningdek savdo-sotiq formatini özgartiruvçi innovatsion kuç bölişini ta'kidlagan.
Özbekiston savdo-sanoat palatasi bilan Anglaşuv memorandumining imzolanişi özbek işbilarmonlari uçun ham yangi formatdagi elektron savdo eşiklarini oçadi.













