Hindistonning Air India davlat aviakompaniyasi ortiqça vaznga ega 34 xodimini işdan böşatdi. Aviakompaniya vakillarining tuşuntirişlariça, ekipaj a'zolarining taşqi körinişi kompaniyaning asosiy şarti hisoblanmaydi va bu çora faqatgina parvozlar xavfsizligini ta'minlaş uçun amalga oşirilgan.

Aviakompaniyada parvozlar xavfsizligi va bort kuzatuvçilar vazni orasida töğridan-töğri aloqa borligi qöşimça qilingan. Favqulodda vaziyatlarda ekipaj a'zolari nafaqat kuzatuvçilarga yordamlaşişlari, balki evakuatsiyani taşkillaştirişlari kerak. Xususan, suvga favqulodda qönişda bort kuzatuvçilar havo bilan şişirilgan trapdan tuşib, odamlarga qutqaruv qayiğiga çiqişlarida yordam berişlari kerak. Buning uçun esa bardoşlik, kuç va epçillik talab etiladi. Kompaniyada aytilişiça, evakuatsiya muvaffaqiyatli ötişi uçun bort kuzatuvçilarda unga 90 soniyadan köp vaqt ketmasligi kerak.

Aviakompaniya vakillari ortiqça vaznga qarşi çoralar nafaqat Hindistonda, balki boşqa davlatlarda ham qöllanişini aytişdi. Jumladan, Xitoyda ekipaj a'zolarining ortiqça vazni ularga favqulodda vaziyatlarga mos holda harakat qilişlarida xalaqit beradi, deb hisoblanadi.