Efiopiya poytaxti Addis-Abeba şahri yaqinida joylaşgan çiqindixonaning öpirilişi natijasida halok bölganlar soni 60 nafar kişidan oşdi. Bu haqda Assoşieyted Press agentligi xabar tarqatgan.
Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 46 kişi ekani va önlab kişilar jarohatlangani aytilgandi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ma'lumotlarida keltirilişiça, çiqindi uyumi ostida qolib ketganlarning aksariyat qismini ayollar va bolalar taşkil etadi.
Çiqindilar mazkur joyga Addis-Abeba şahridan qariyb 50 yildan beri olib kelib taşlanadi. Biroz muddat çiqindilar boşqa yerga tökilişi boşlangandi. Ammo mahalliy fermerlarning noroziliklaridan keyin çiqindilar yana eski joyiga keltirişi boşlangan.
Voqea paytida hududda 100dan ortiq kişi bölgan. Qutqaruvçilar çiqindilar orasidan 37 kişini omon holda olib çiqişgan. Hali yana önlab kişilar çiqindilar ostida qolayotgan bölişi mumkin.












