UYeFAdagi manbalar ma'lumotiga köra, «PSJ» rahbariyatida YeÇLning çorak finali doirasida parijliklar jamoasining «Barselona»ga qarşi öyinida işlagan germaniyalik hakam Deniz Aytekinning işi böyiça şikoyatlar keltirilgan norozilik protestini qabul qilib olgan. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

«PSJ» tomonidan tuzilgan hujjatda klubdagilar ikki öyindan iborat qarama-qarşilik natijasiga ta'sir körsatgan deb hisoblagan 7ta epizod keltirilgan. Xabarda ta'kidlanişiça, parijliklar klubi vakillari bu protestni tuzişda xalqaro hakamlar bilan maslahatlaşgan.

Ispan grandi Parijda keçgan birinçi bahsda törtta gol ötkazib yuborgandi, Kataloniyada bölib ötgan javob uçraşuvida esa mezbonlar 6:1 hisobida ğalaba qozonib, çorak finalga çiqdi.

Fransiyaliklar UYeFAga quyidagi vaziyatlar borasida e'tiroz bildirişgan.

1. Xaver Maskerano jarima maydoni içkarisida töpni qöli bilan öynagani uçun hakam raqib darvozasiga penalti belgilamagan. Bu vaziyat birinçi bölim vaqtida, Yulian Draksler uni aldab ötib, pas bermoqçi bölganida röy bergan.

2. Pike öyinning 41-daqiqasida Edinson Kavaniga qarşi qöpollik uçun ikkinçi sariq kartoçkani olişi kerak edi.

3. Neymarga nisbatan qöpollik uçun belgilangan penalti. «PSJ»dagilarning fikriça, braziliyalik hujumçi yerda yotgan Menega ataylab qoqilib yiqilgan.

4. Neymarga qizil kartoçka körsatilişi kerak edi. Öyinda hisob 3:1 bölib turgan vaqtda Neymar Markinosning oyoqlariga zarba bergan. «PSJ»dagilar bu harakat qizil kartoçkaga loyiq edi deb hisoblaşmoqda.