11:29 / 14.03.2017
16738

Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e'lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazadi.  23 mart kuni milliy terma jamoa Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28 mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor”), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv”), Murodjon Zuxurov («Bunyodkor”).

Himoyachilar: Yegor Krimets («Beyjing Guoan», Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»),  Vitaliy Denisov («Lokomotiv» Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay», Xitoy),  Davron Hoshimov («Paxtakor»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»).

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv»), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy), Aziz Haydarov («Ash-Shabob», BAA), Vadim Afonin («Orenburg», Rossiya), Salamat Quttiboyev («Lokomotiv»), Server Jyeparov («Sepahon», Eron), Jamshid Iskanderov («Paxtakor»), Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar).

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix («Ordabasi», Qozog‘iston), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («As-Sayliya», Qatar).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turgan bo‘lsa, Qatar 4 ochko bilan beshinchi pog‘onada bormoqda. 

Mavzuga oid
Top