Italiya sobiq boş vaziri Silvio Berluskoni yagona Yevropa valyutasi xalqaro savdo uçun saqlanib qolinişi, Italiyada esa yevroning örniga "yangi lira" muomalaga kiritilişi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqida "Il Giornale" naşrida xabar berildi. 

"Iqtisodiyot böyiça Nobel mukofoti laureatlarini tinglab, menda yevrohududdan çiqmaslikka moyillik paydo böldi, bu bizga juda qimmatga tuşişi mumkin. Yevro saqlanib qolişi kerak, eng avvalo, xalqaro savdo-sotiq uçun ham, umumiy oilaviy foydalaniş uçun esa yangi lirani muomalaga kiritiş lozim", - dedi Berluskoni intervyu çoğida. 

Uning sözlariga köra, yevroning joriy qilinişi Italiya milliy qadriyatlarining deyarli yarmi yöqolişiga olib keldi va qaşşoqlikni kuçaytirdi, natijada mamlakatdagi har törtinçi italiyalik kambağalga aylandi. "Şu bois biz öz dasturimizda "kamroq soliq, kamroq davlat, kamroq Yevropa" şioriga amal qilamiz", - dedi "Olğa, Italiya!" muxolifat partiyasini boşqaruvçi siyosatçi.