Rossiyaning "Fakel" voleybol klubining 20 yoşli hujumçisi Aleksandr Kimerov bilan Samaradan Moskvaga parvoz oldidan noxuş voqea yuz berdi. Klub voleybol böyiça Rossiya çempionatining navbatdagi öyinini ötkazib ortiga qaytayotgan bölgan.
"Fakel" 11 mart kuni Novokuybişevskda "Nova" klubi bilan uçraşib, uni 0:3 hisobida mağlub etgan va 12 mart kuni Samaradan Moskvaga uçişi kerak bölgan. Klub va murabbiylik ştabi samolyotda öz joylarini egallaganlarida, 213 santimetrlik böyga ega Kimerov va styuardessa örtasida kiçik nizo çiqqan.
Kimerov uning oyoqlari oldidagi örindiqqa taqalib qolgani sababli uni boşqa joyga ötkazişni iltimos qilgan. Voleybolçiga bunday joylarning puli oldindan tölanişi kerakligi aytilgan. Kimerov boşqa yölovçi bilan joy almaştirişga kelişib olganiga qaramasdan, styuardessa "oyoq tirab olib", voleybolçiga joyini özgartirişga ruxsat bermagan.
Şunday keyin Kimerov oyoğini örindiqlar orasidagi yölakka çiqarib olgan va şu tariqa xavfsizlik qoidalarini buzgan. Reys bu bahs sababli 40 daqiqa uşlanib qolgan va oxir-oqibat aeroport xodimlari çaqirtirilib, voleybolçi samolyotdan tuşirib yuborilgan.
Voleybolçi Moskvaga keyingi reys bilan yetib olgan.
Ta'kidlanişiça, Kimerov Rossiyaning eng iste'dodli yoş voleybolçilardan biri hisoblanadi.









