Xitoy hukumati 2021 yilga kelib fazoviy nurlanişni tadqiq qiliş uçun yirik observatoriyani quriş niyatida. U Siçuan viloyati hududida joylaşadi hamda mamlakatga galaktikalar (Quyoş sistemasini öz içiga olgan yulduzlar tizimi, Somon yöli) şakllanişi tarixi va koinotdagi özgarişlarni batafsil örganiş imkonini beradi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

Loyiha rivojlaniş va islohotlar işi böyiça davlat qömitasi tomonidan ma'qullandi, unga 1,2 mlrd yuan (180 million dollar) mablağ ajratiş möljallanmoqda. Observatoriya dengiz sathidan 4,4 ming metr balandlikda joylaşadi.

"Bu loyiha Xitoy tomonidan fazoviy nurlaniş sohasidagi tadqiqotlarda muhim örin egallaydi", - deya ta'kidlaydi mahalliy tahlilçilar.

Olimlarnig qayd etişiça, alohida e'tibor relikt (qadim zamondan qolgan) nurlanişga qaratiladi, u koinotda avvaldan bor bölib, asta-sekin uni töldirib bormoqda. 1965 yilda uning borligi tajriba yordamida isbotlandi. Relikt nurlaniş Katta portlaşning asosiy isbotlaridan biri sifatida köriladi.