Samarqand viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Boşqirdistonida rasmiy taşrif bilan bölib turibdi. Delegatsiyaga viloyat hokimi Himmat Oqbötayev boşçilik qilmoqda, unga Özbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Bahrom Aşrafxonov hamrohlik qilyapti.
Taşrifning asosiy maqsadi – Boşqirdiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, boşqird şeriklarni izlaş, tomonlarning özaro taşqi savdo aylanmasi hajmini oşiriş, deya aniqlik kiritdi Rossiya TIVning Ufadagi vakili Vener Galiakbarov.
Dasturda – Boşqirdiston Hukumati Boş vaziri bilan uçraşuv rejalaştirilgan. Özbekiston Respublikasining Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi va BR SPP örtasida hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolanişi, şuningdek B2B şaklidagi muzokaralarni ötkaziş, biznes-hamjamiyat vakillari bilan uçraşiş rejalaştirilgan.
Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillari taşrif davomida XXVII «AgroKompleks» Xalqaro körgazmasi, «Korporatsiya razvitiya Respubliki Başkortostan», «Ufimskiy» sanoat boğiga borişadi.
17 mart, juma kuni esa mehmonlar «Başinkom» va «Institut nefteximpererabotki Respubliki Başkortostan» korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanişadilar.
Rasmiy taşrif «Özbekiston» savdo uyi faoliyatini baholaş bilan öz yakuniga yetadi.











