Amerikalik aktrisa, BMTning qoçqinlar böyiça maxsus elçisi va jamoat faoli bölmiş Anjyelina Joli «internatsionalizm alangasi»ni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Bu haqda E! Online xabar tarqatgan.
U Iroqda 2003 yili halok bölgan diplomat Serjiu Viyeyra di Mellu nomidagi jamğarmaning Jyenevada ötkazilgan tadbirida qilgan çiqişida şu haqda gapirgan.
Joli vatanparvarlik niqobi ostida millatçilik tölqini ösib borayotganidan taşviş bildirib ötgan. U şunday holatlar kuzatilayotganiga qarşilik qilayotgan jahon hamjamiyatini tanqid qilib, odamlarni agar rahbariyat «qöl qovuştirib tursa», «internatsionalizm alangasi»ni qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.
Bundan taşqari, u BMT qadriyatlariga sadoqat saqlab qoliş zarurligini e'tirof etgan.
«Biz BMTmiz. Dunyoda xavfsizlik va tinçlikni ta'minlovçi qisqa yöl mavjud emas. Men ğururli amerikalik va internatsionalistman», – deya uning sözlarini keltirgan Just Jared.
Bundan oldinroq uşbu aktrisa Trampning qoçqinlarga qarşi farmoniga qarşi çiqqandi.

















