Hollivud kinoyulduzi Anjyelina Joli va jahon futboli yulduzi Kriştianu Ronaldu turk kinoijodkorlarining Bridge of Life ("Hayot köprigi") nomli filmida iştirok etişi mumkin. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatgan.
Naşr ma'lumotiga köra, treylerni suratga oliş işlari mamlakat janubidagi Gaziantep viloyati hududida bölib ötadi. Serialda Suriyadagi harbiy harakatlar tufayli Turkiyaga kelgan suriyalik qoçqinlar oilasi taqdiri hikoya qilinadi. Rejaga köra, serial 3 mavsumli qilib olinadi.
Kartina direktori Ayub Dirlikning sözlariga köra, bu tarixga "Yoki u yerda qolib halok bölasan, yoki bu yerga kelib yaşaşda davom etasan" şior qilib olingan. Uning qayd etişiça, Ronaldu va Joli uşbu loyihada iştirok etişni istayotgan yulduzlar sirasiga kiradi.
Uşbu serialda boş rolni ijro etadigan turkiyalik aktrisa Perixan Savaş serialni suratga oliş işlari mart oyida boşlanişi haqida ma'lum qilgan.
Bundan 10 yilça muqaddam britan tabloidlarida öşa vaqtda "Mançester Yunayted" jamoasi futbolçisi bölgan Ronaldu Jolini öz idealidagi ayol deb bilişi haqida aytgani yozilgandi.

















