Ma'lum bölişiça, dunyo mamlakatlaridagi pasportlar asosan 4 xil rangdan birida bölar ekan. Har bir mamlakatning fuqaro şaxsini tasdiqlovçi asosiy hujjat rangini belgilaşda öz sababi bor. AdMe naşri şu masalani örganib çiqdi. Agar siz aeroportdagi uzoq navbatda kutişlar zeriktirsa, uşbu maqolani bir yodga olib qöying.
Eng keng tarqalgan pasport rangi bu qizildir.

Kommunistik ötmiş yoki hozirda şunday tuzumda yaşayotgan mamlakatlarda asosan şu rangdan foydalaniladi. Sloveniya, Xitoy, Serbiya, Rossiya, Latviya, Ruminiya, Polşa, Gruziya kabi davlatlarning pasportlari şu tusda. YeIning Xorvatiyadan boşqa a'zolari qizilning boşqa turdoş tuslaridan foydalanadi. YeI tarkibiga kirmoqçi bölgan davlatlar, xususan, Turkiya, Makedoniya va Albaniya ham pasportlari rangini bir neça yil avval qizil rangga almaştirişdi. And toği mamlakatlari — Boliviya, Kolumbiya, Ekvador va Peru pasportlari ham xuddi şunday jigarrangda.
Keyingi eng tarqalgan pasport rangi kök va töq kök tuslaridir.

Kök rang «yangi dunyo» timsoli hisoblanadi. Masalan, Karib havzasining 15 mamlakati pasportlari xuddi şu rangda. Janubiy Amerika mamlakatlarining kök pasporti savdo ittifoqini anglatadi. Bular Braziliya, Argentina, Paragvay. Birgina Venesuela, garçi şu ittifoqqa kirsa-da, pasporti qizil rangda. AQŞ fuqarolarining pasportlari 1976 yildan e'tiboran kök rangda.
Yaşil tusga keladigan bölsak, aksariyat musulmon mamlakatlar, jumladan Marokaş, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Özbekiston pasportlari şu rangga böyalgan. Yaşil rang Muhammad payğambar alayhissalomning suyukli rangi hisoblanadi. U hayot va tabiat timsolidir. Şu bilan birga, Ğarbiy Afrika mamlakatlari, misol uçun, Burkina Faso, Nigeriya, Niger, Fil suyagi qirğoği va Senegal davlatlari pasportlari ham yaşil rangga uyqaşdir. Bunda, pasportlar Ğarbiy Afrika iqtisodiy hamjamiyatini ifodalaydi.













