Pul yo‘q, ammo poyezd bor: Fermerdan qarzini to‘lamagan kompaniya endi yo‘lovchi poyezd berishi kerak
Hindistonda temir yo‘l kompaniyasi fermerga qarzini to‘lay olmagani uchun unga yo‘lovchi poyezdini topshiradi. Panjob shtati sudi qarzdor tomon tovon sifatida poyezdni berishi kerakligi haqida qaror chiqargan.
Endilikda 20 vagonli yo‘lovchi poyezdi Sampuran Singhga berilishi kerak. U ko‘p yillardan buyon shtat temir yo‘l boshqarmasi bilan sudlashib kelayotgandi. Bir necha yillar muqaddam boshqarma undan temir yo‘l o‘tkazish uchun yer sotib olgandi, ammo 1 mln rupiy (15,3 ming dollar) miqdoridagi mablag‘ shu vaqtgacha to‘lanmagan.
Fermer 2015 yili sudda yutib chiqqan, ammo shundan keyin ham pulni ko‘rmagan. Boshqarmadagilar unga shunchaki pul yo‘qligini aytishgan.
NDTV telekanalida xabar berilishicha, 17 mart kuni Singh advokat va sud pristavi bilan birga Ludxian shahri vokzaliga kelgan hamda yo‘lovchi poyezd mashinistiga poyezd musodara qilinishi haqidagi sud qarori taqdim etilgan.
Qayd etilishicha, mashinistga marshrut bo‘yicha safarni yakunlab qo‘yishga ruxsat berilgan.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, temir yo‘l boshqarmasi poyezddan foydalanish uchun yana 2 kun muhlat so‘ragan. Bu vaqt ichida boshqarma qarzni qaytarishga va'da qilgan, agar bu safar ham pullar to‘lanmasa, poyezd va uning 20 vagoni auksionga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
07:54
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23:28 / 14.11.2024
«Milliy bog‘» metro bekatida poyezd texnik nosozlik sabab to‘xtatildi
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
10:47 / 07.11.2024