Davlat tashrifi bilan Seul shahriga borgan prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar samimiy kutib oldi.
Oʻzbekiston rahbari yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, oʻqishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda kechayotgan yangilanishlar, vatandoshlarimizning orzu-intilishlari hamda tashrif doirasida boʻlajak tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.



Prezident ularga ish va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim, koʻnikma va tajriba kelgusida mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
















