- Makka alyansi nega Saudiyani husiyçilar hujumidan himoya qilmayapti?
Şavkat Ikromov: Hozir Saudiya Arabistoniga biror davlat tomonidan bevosita tahdid yöq. Husiylarga qarşi turiş va mamlakat hududini himoya qiliş uçun Saudiya Arabistonining özida yetarli imkoniyat mavjud. Saudiya hozir asosan yana faol uruşga kirib ketişdan özini tiyib turibdi. Çunki husiylar bilan keng kölamli uruşga kiriş Saudiya uçun manfaatli emas. Saudiya hozir foydalanib turgan Qizil dengiz, Bab al-Mandab va Yanbu yönalişlaridagi imkoniyatlardan mahrum bölişni istamaydi.
Qolaversa, hozir husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumi şaroitida, Ar-Riyodning özi ham Turkiya yoki Pokiston qöşinlarining bu yerga kelişini mutlaqo istamaydi va buni inkor qilmoqda. Biroq Pokistondagi yuqori lavozimli harbiylardan olingan maʼlumotlarga köra, Pokiston Eronni husiylar bilan hamkorlik qilmaslikka va ularni tiyib turişga çaqirgan.
Şuningdek, husiylar bilan muzokara olib borib, Saudiya Arabistoni hududlariga raketa zarbalari yöllamaslikka köndiriş kerakligi, aks holda Saudiya Arabistoni bilan yuzma-yuz keliş xavfi mavjudligi haqida ogohlantirilgan.
Umuman olganda, alyansni hozir mutlaqo harakatsiz deb bölmaydi. Ular muayyan çoralar körmoqda. Aniq munosabat bildirildi va jarayonlardagi masʼuliyatni Eron zimmasiga yuklaşga uriniş kuzatilmoqda.
Agar bu hududda keng kölamli uruş boşlansa va yangi front oçilsa, bu Eron manfaatlariga töliq mos kelişi mumkin. Hozir Hörmuzda allaqaçon front bor, uruş davom etmoqda. Agar Qizil dengizda ham alohida front paydo bölsa, Qöşma Ştatlarning xavfsizlik soyaboniga tayanayotgan Körfaz arab davlatlari yanada jiddiy bosim va blokada xavfi ostida qoladi.
Bunday vaziyat jahon energetika bozori va global savdoning katta qismiga ham taʼsir qilişi mumkin. Şuningdek, Yaman hududidagi vaziyatning özgarişi Hörmuzdagi jarayonlarga ham taʼsir körsatişi ehtimoldan xoli emas.
Şu nuqtayi nazardan, strategik jihatdan husiylar, Yaman va Eron manfaatlari bu yerda uyğunlaşayotganini aytiş mumkin. Ularning özaro aloqalari haqida aniq xulosa qiliş uçun yetarli maʼlumot yöq. Lekin taşqaridan qaraganda, manfaatlar uyğunligi mavjud.
Kamoliddin Rabbimov: Siyosatçilar va harbiylar har qanday harbiy amaliyotni rejalaştirganda, uning maqsadi va kölamini bir-biriga proporsional belgilaydi. Husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumi ham şundan dalolat beradi: ular Saudiya iqtisodiyotini izdan çiqarişni maqsad qilmagan.
















