«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Arsenal»da ğalabali seriya. Kun öyinlari
|10:41 / 13.09.202617 3889 min
Angliyada «Çelsi» va «Liverpul» oçko yöqotdi, «Tottenhem» ketma-ket 4 öyinda gol urolmadi, «Arsenal» ketma-ket 4 ğalabadan keyin turnir jadvalini boşqarmoqda. Ispaniyada «Real» yirik ğalabaga erişib, vaqtinça «Barselona» bilan tenglaşib oldi.
Foto: Diego Souto/Getty Images Kilian Mbappe Alvaro Karreras bilan birinçi golni nişonlamoqdaFoto: Diego Souto/Getty Images Kilian Mbappe Alvaro Karreras bilan birinçi golni nişonlamoqda
«Real» birinçi bölimdagi uç gol bilan öyin taqdirini hal qildi. Madridliklarda bunday sermahsullik joriy mavsumda ikkinçi bor kuzatilmoqda. Joze Mourinio şu kuni ilk bor Diomandeni boşlanğiç tarkibda tuşirdi, ammo maydondagi asosiy işni eskilar qilişdi. Karreras avvaliga Mbappe uçun penalti işlab berdi, keyin esa özi Kilian bilan devor uslubida öynab, ikkinçi golni urdi. Ikkinçi golli hujumda Vinisius Juniorning jonbozligi ham hal qiluvçi ahamiyatga ega böldi. Bu hujumda uning nomiga golli pas yozilmagan bölsa-da, biroz ötib aynan uning uzatmasidan keyin hisob yirik körinişga keltirildi. Himoyaçilar töp jarima maydoni içidagi Mbappega yetkazib berilişini kutib turişganida, Vini uni orqaroqqa – böş kelayotgan Bellinghemga oşirdi.
«Asalarilar» taslim bölişmadi va oxirigaça kuraşişdi. Pedro Diasning zarbasidan keyin töp ustunga borgan bölsa, Kamelio baribir öz maqsadiga erişdi va mavsumdagi gollari sonini 6 taga yetkazib qöydi. Lekin mehmonlar bundan ortiq javob qaytara olişmadi, öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa «Real» yana yirik hisobni tikladi. Zaxiradan öyinga qöşilgan Arda Guler Kilianga töpurarlar poygasida Kamelioga yetib oliş imkonini berdi.
Bu natijadan keyin madridliklar hisobidagi oçkolar sonini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida vaqtinça «Barselona» bilan tenglaşib oldi – kataloniyaliklar 5-tur öyinini bugun safarda «Levante»ga qarşi ötkazadi.
«Liverpul» öz maydonida keçgan öyinda taşabbusga egalik qildi, ammo ahmoqona gol ötkazib yuborişiga bir baxya qoldi. Darvozabon Alisson jamoadoşiga notöğri pas berib, xavfli vaziyatga sababçi böldi, ammo Gonsalo Garsiyaning zarbasidan keyin himoyaçi Jake töpni çiziq ustida töxtatib qoldi.
Bundan taşqari, Andoni Iraola jamoasiga hujum çiziğida keskinlik yetişmadi. Birinçi bölimda Muniosda golli vaziyat yuzaga kelgandi, ammo «Fulhem»ni darvozabon qutqarib qoldi. Öyin oxirida mezbonlarda ğalabani ilib ketiş uçun ikkita yaxşi imkoniyat bölgandi, ammo baribir raqib darvozasiga yöl topilmadi. Isak burçak zarbasidan keyin bergan zarba darvozaga bormadi, Ngumoa esa Frimpongning qanotdan uzatmasini golga aylantira olmadi. YeÇLda «Atletiko» ustidan qozonilgan yorqin ğalabadan keyin qizillar içki çempionatda yana oçko yöqotişdi.
«Hall» startdagi uç turda gol ötkazmagandi, ammo «Çelsi» öz odatiga köra bu raqib darvozasiga ham tezkor gol urdi. Bungaça Habi Alonso şogirdlari uçta öyinda ham beşinçi daqiqagaça hisobni oçişgandi, bu safar esa 6-daqiqada raqibning standart vaziyatidan keyin uyuştirilgan qarşi hujumda Rodjers darvozani işğol etdi. Morgan mavsum startidagi tört öyinda ham golli harakat amalga oşirmoqda va bu orqali «Stemford Brij»ning yaqin ötmişdagi qahramonlari – Azar, Drogba, Fabregas va Diyegu Kosta bilan bir grafikda ketmoqda.
Ammo londonliklarning bu safargi yorqin debyuti ham ğalabani kafolatlay olmadi (ötgan turda ham Rodjers «Arsenal» darvozasiga tezkor gol urgandi, ammo jamoa yakunda mağlubiyatga uçragandi). Alonso hozirça mudofaa çiziğidagi muammolarni hal eta olmayapti. Bellumining 7 daqiqa içida urgan ikki golidan keyin 1:0 hisobi 1:2 körinişiga özgardi, «Çelsi» 65 yil içida ilk bor qatorasiga 20 turda öz darvozasini saqlab qololmayapti. Birinçi bölim örtalaridan ötganda mezbonlar himoyasidagi individual xato qimmatga tuşdi. Keyin esa londonlik himoyaçilar jarima maydoni içida töp uçun kuraşni boy berişdi va töpni yutib olgan Makberni Bellumini golli pas bilan taʼminladi. Mezbonlar tanaffusdan keyin hisobni tenglaştirişdi – Palmerdan töpni qabul qilib olgan Joao Pedro qaytarib bölmas zarba yölladi. Londonliklar öyin oxirigaça hujumkor öynaşda davom etişdi, ammo «Hall» durang hisobni uşlab qoldi.
«Liverpul» va «Çelsi» oçko yöqotganidan keyin «Arsenal»dan şanba favoritlar uçun qora kun emasligini körsatiş talab etilardi. Lekin «Sanderlend» maydonida heç kimga oson emas – jamoa ötgan mavsumda 19 ta uy uçraşuvidan atigi 4 tasida yutqazgandi. Öyinning birinçi bölimida «kanonirlar» «qora muşuklar»ga darvoza sohasiga töğri borgan birorta zarba yöllaşga imkon bermadi (mezbonlarda beşta uriniş böldi), ammo londonliklarning özi ham 45 daqiqa davomida faqat ikki marta darvozabonni bezovta qila olişdi.
Ikkinçi bölim boşida esa burçak zarbasidan keyin Ballard jarima maydoni içida Konsa bilan kuraşdan keyin gazonga yiqildi, videotakrorni körib çiqqan arbitr mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Ammo hal qiluvçi pallada David Rayya özini körsatdi va Le Fening pastki burçakka yönaltirgan zarbasini qaytardi, ikki daqiqa ötib esa tanaffusda öyinga qöşilgan Bruno Gimarayş jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan hisobni oçdi.
Şundan keyin çempionlar hisobdan kelib çiqqan holda öynay boşlaşdi. Saka Edegorning uzatmasidan foydalana olganida, intriga ança oldinroq yakunlangan bölardi. Ammo mezbonlar darvozaboni Rufs ajoyib seyv ijro etdi, biroz ötib Haversning zarbasidan keyin Ballard darvoza töriga kirib ketayotgan töpni qaytarib qoldi. Keyin esa uzoq vaqtdan buyon ilk bor maydonga tuşgan Timber standart vaziyatda ikkinçi golni urdi, ammo ofsayd tufayli bu gol bekor qilindi.
Bu epizod «Sanderlend»ni öyinda qoldirdi va mezbonlar öyin oxirida kuçli şturm uyuştirişdi, xususan, Malik Fofananing faol harakatlaridan keyin hisob tenglaşişiga bir baxya qoldi (töp himoyaçilar blokidan ötmay qoldi). Sönggi daqiqalarda esa Rayya Mukiyelening zarbasidan keyin tösin ostiga kirib ketayotgan töpni qaytarib qoldi. Mezbonlar qöşimça daqiqalarda töliq kuç bilan hujumga ötib ketişdi va buning uçun jazolanişdi. Saka qarşi hujumda penalti işlab, uni özi aniq ijro etdi. Şundan keyin hakam öyin yakunlangani haqidagi huştagini çaldi. «Arsenal» safarda qiyin ğalabaga erişdi, ammo aynan şunday öyinlar çempionlik öyinlari deb ataladi.
Kun statistikasi
«Tottenhem» öz maydonida «Everton»ni yenga olmadi. Yozgi transferlarda eng köp sarflagan «şporlar» APLning dastlabki 4 turida hozirça birorta gol ura olmadi va ikki oçko bilan turnir jadvalining 17-poğonasida joylaşgan.
«Everton» darvozaboni Pikford APLda 100 ta öyinda darvozasi daxlsizligini saqlagan beşinçi angliyalik posbon böldi. Bungaça bu natijaga Devid Simen, Devid Jeyms, Nayjel Martin va Jo Hart kabilar erişgandi.
Yozgi transferlarda «Frayburg»da «Ayntraxt»ga ötgan Atubolu Bundesliga öyinlarida qatorasiga 6-bor penalti qaytardi. Uning seyvi «burgutlar»ga Maynsdagi öyinda mavsumdagi ilk ğalabaga erişişda (3:1) yordam berdi.
«Milan»da zaxiradan tuşgan futbolçilar A Seriyaning sönggi beş mavsumida urgan gollar soni 49 tani taşkil etmoqda. Bu oraliqda faqat «Latsio» jokerlari sermahsulroq (50 gol) bölişgan.
Angliyalik yarimhimoyaçi Palmer APLda «Çelsi» uçun ötkazilgan 100 öyinda 71 ta golli ball jamğarişga erişdi. Koul bu körsatkiç böyiça faqat Hosselbaynkdan ortda (77).