Şveytsariyalik Rojyer Federer Amerikada bölib ötgan ATP musobaqasida vatandoşi Sten Vavrinkani mağlub etib, boş sovrinni qölga kiritdi. Indian-Uellsda taşkil etilgan turnir musobaqa jamğarmasi 7 mln dollarni taşkil etdi.
Final uçraşuvi 6:4, 7:5 hisobida Federer foydasiga hal böldi.
Aytiş joizki, bu 35 yoşli Federer uçun tennisçilik faoliyatidagi 90-yutuğidir. Şundan 18tasi Katta dubulğa musobaqalarida qölga kiritilgan. Şveytsariyalik tennisçi Indian-Uellsda beşinçi marta boş sovrin sohibiga aylandi. Bundan taşqari, u ikki marta uşbu musobaqa finalida mağlub bölgan.
31 yoşli Vavrinka esa faoliyatida ilk marta Indian-Uells finaliga çiqişga muvaffaq böldi. U ATP turnirlarida atigi 15 marta ğalaba qozongan, şundan uçtasi Katta dubulğa turkumi sovrinidir.












