Meksikaning Verakrus ştati prokuraturasi ştat hududidagi maxfiy ommaviy qabrdan yana 50ga yaqin inson boş suyagini topdi, deb xabar qilmoqda Terra portali prokuror Xorxe Uinklerga asosan.

Avvalroq Kolinas-de-Santa-Fe ommaviy qabridan 250 insonning jasad qoldiqlari topilgani xabar qilingandi. Tibbiyot xodimlari ma'lumotiga köra, gap asosan 14-25 yoşdagi şaxslar haqida bormoqda. Ekspertlarning fikriça, ommaviy qabrdan yana köplab jasad qoldiqlari topilişi mumkin.

Uinklerning ma'lum qilişiça, 47ta yangi boş suyaklar Alvarado şahridagi 10 kilometr uzoqlikdagi sakkizta öradan topilgan. Uning sözlariga köra, ayni damda jasad qoldiqlari kimga tegişli ekani aniqlangan. Ularning aksariyati 2016 yilda bedarak yöqolgan.

Ma'lumot uçun, Verakrusda 2010 yildan beri 720 kişi bedarak yöqolgan. Meksika körfazi sohilida joylaşgan bu ştat “Los-Setas” va “Körfaz” yirik narkoguruhlar qarama-qarşiligi markaziga aylangan. Bu guruhlar AQŞga giyohvand moddalar yetkazib berişni nazorat qiliş uçun kuraş olib boradi.