Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan tabrik telegrammasi yölladi. Tabrik matni Kreml saytiga joylaştirilgan.
«Hurmatli Şavkat Miromonoviç, mamlakatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabrigimni qabul eting. Keyingi yillarda Rossiya-Özbekiston munosabatlari strategik hamkorlik darajasiga kötarildi. Mazmunli siyosiy muloqotimiz, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, gumanitar va boşqa sohalarda hamkorligimiz izçil rivojlanib bormoqda. Bizning mamlakatlar hududiy va xalqaro kun tartibida turgan muhim masalalarni hal qilişda samarali hamkorlik qilmoqda», — deyilgan tabrikda.
U birgalikda qilingan sa'y-harakatlar Rossiya va Özbekistonning döstona xalqlari manfaatlari yölida hamda Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş maqsadlariga xizmat qilişiga işonç bildirgan.
Vladimir Putin Şavkat Mirziyoyevga mustahkam soğliq va muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga esa – baxt va farovonlik tilagan.












