
30 noyabr kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toşkent şahridagi filialida "Özbekiston va Rossiya strategik hamkorligining yangi qirralari: iqtisodiyot, xavfsizlik, gumanitar muloqot" mavzuidagi davra suhbati bölib ötdi. Mazkur tadbir Özbekiston-Rossiya hamkorlik munosabatlarining 25 yilligiga bağişlandi. Unda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.
Davra suhbatida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining mintaqalararo va xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar böyiça boşqarmasi boşliği Çernov Vladimir Aleksandroviç, Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidenti Yöldoşev Behzod Sodiqoviç, Rossiyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Tyurdenev Vladimir Lvoviç va qator oliygohlar rahbariyati iştirok etdi.

Tadbirda ikki mamlakat vakillari ötgan 25 yildagi hamkorlik aloqalari va ular doirasida amalga oşirilgan işlarga töxtalib, kelugsidagi rejalar bilan örtoqlaşişdi. RF Prezident apparati vakili Çernov V.A. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning aprel oyidagi Rossiyaga taşrifi mamlakatlar örtasida barça yönalişlarda hamkorlikning yölga qöyilişi va ularning yangi bosqiçga kötarilişiga turtki berganini alohida ta'kidladi. Özbekiston va Rossiya oliy ta'lim muassasalari örtasidagi hamkorlik ham şular jumlasidandir.
Toşkentda Rossiyaning uç universitet filiali faoliyat yuritib, bular - M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, I.M.Gubkina nomli Rossiya neft va gaz universiteti hamda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari. Mazkur oliygohlar vakillari ta'lim muassasalarining faoliyati va şu kunga qadar erişilgan yutuqlar haqida nutq sözlaşdi, şu bilan birga, kelgusidagi hamkorlik borasida qator takliflar bildirişdi.
Şuningdek tadbirda ikki mamlakatlarning alohida hududlari rahbariyatlari örtasiga uçraşuvlar yangi imkoniyatlarga yöl oçib bergani aytildi.
Tadbirda asosiy e'tibor Özbekiston va Rossiya strategik hamkorligining iqtisodiyot, xavfsizlik, gumanitar sohalardagi rivojiga qaratildi.











