Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 mayda "Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi örtasida har tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PQ-2982-sonli qarorni qabul qildi.
Şavkat Mirziyoyevning 11-13 may kunlari Xitoyga davlat taşrifi ikki davlat örtasidagi har tomonlama strategik hamkorlik rivojlanişining yangi bosqiçi böldi.
Oliy darajada ötkazilgan uçraşuv va muzokaralar natijalari Özbekiston va Xitoy örtasida özaro manfaatli hamkorlikning sifat jihatdan yangi darajaga ötişini, uni amaliy mazmun bilan töldirişni ta'minladi.
Taşrif davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, moddiy-texnik, bank-moliya, transport-kommunikatsiya, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda hamkorlikni kengaytiriş böyiça qöşma qarorlar muhokama qilindi va qabul qilindi, Özbekiston va Xitoyning har tomonlama strategik hamkorlik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş haqidagi qöşma bayonot, 11 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat, savdo-iqtisodiy sohada umumiy qiymati 22,8 mlrd dollarlik korporativ kelişuvlar paketi imzolandi.
Imzolangan bitimlar va erişilgan kelişuvlarning tölaqonli amalga oşirilişini ta'minlaş maqsadida quyidagilar belgilab qöyildi:
- bitimlar va kelişuvlar ning sözsiz va öz vaqtida bajarilişini monitoring va qat'iy nazorat qilinişini örnatiş;
- Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga taşrifi davomida imzolangan hujjatlar, kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy harakatlar rejasini tasdiqlaş;
- bitimlar va kelişuvlarning öz vaqtida amalga oşirilişini nazorat qiliş böyiça Işçi komissiya tuziş;
- Işçi komissiyaga bitimlarning sözsiz va sifatli bajarilişini doimiy va tizimli ravişda monitoringini taşkillaştirişni ta'minlaş;
- uşbu qaror bilan tasdiqlangan "Yöl xaritalari"ning amalga oşirilişi böyiça amaliy çoralarni qabul qilişga javobgar ijroçilar – vazirliklar, boşqarmalar va boşqa taşkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eşitiş;
- bitimlar va kelişuvlarning amalga oşirilişi bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştirişni amalga oşiriş va boşqalar.
Uşbu qaror ijrosini nazorat qiliş Özbekiston boş vaziri Aripov A.N., Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Mahmudov V.V. va











