25 mart kuni amaliy taşrif bilan Moskva şahrida bölib turgan Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari – stats-sekretar Grigoriy Karasin bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, muzokaralar çoğida Özbekiston-Rossiya strategik hamkorligi va ittifoqi kun tartibidagi dolzarb mavzular, şuningdek, ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

“Avvalo, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin örtasida 2018 yilning 18-19 oktabr kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan muzokaralar doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayoni muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, uçraşuvda 2019 yilda bölib ötadigan turli darajalardagi ikki tomonlama uçraşuvlar jadvali böyiça takliflar ham körib çiqildi.